SSV rahbari Amrillo Inoyatov seshanba kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda “Antistrumin” dorisi mavzusiga chuqur kirmaslikni maslahat berdi. “Bu mavzu bilan shug‘ullanayotgan odamlar bor. Nima bo‘lsa ham, o‘zi tekshiradi, o‘zi javobini beradi. Bu mavzuga chuqur kirmanglar”, — dedi vazir.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Samo kompaniyasidan tendersiz 3,55 mln quti “Antistrumin” (kaliy yodid) preparatini qariyb 22 mlrd so‘mga sotib olgan. 2022-yilda dorining bir qadog‘i 5500 so‘mdan xarid qilingan bo‘lsa, joriy yilda 6500 so‘mdan sotib olingan. Chakana savdoda esa 3000 so‘mdan sotilgan.
Toshkentda o‘nlab bolalar RSHTYOIM toksikologiya bo‘limiga zaharlanish alomatlari, isitma, oshqozon buzilishi bilan yotqizildi. Ota-onalar ular yod ichganidan so‘ng xastalanganini ma’lum qilmoqda. Shifokorlar esa holatning preparat bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini aytdi. “Gazeta.uz” vaziyatni o‘rgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting